Senatorlar hayvonlarni hisobga olishga doir qonunni qabul qildi

eʼlon qilindi
Yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi
hayvonlarni identifikatsiya qilish
Senatorlar hayvonlarni hisobga olishga doir qonunni qabul qildi / Foto: MauMyHa / depositphotos.com

Mazkur qonun orqali hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va kuzatib borish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar qildi.

Hujjat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi identifikatsiya, ro‘yxatga olish va kuzatish jarayonlari uchun vakolatli idora sifatida belgilandi.

Qonunda vakolatli organ xodimlari hamda hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Hayvonlarni hisobga olish va kuzatish ishlari qanday muddatda va qanday talablarga binoan amalga oshirilishi aniq belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishdagi texnik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, hayvonlarni ro‘yxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish, elektron tizimni muvofiqlashtirish va real vaqt rejimida ma’lumotlar almashinuvi uchun javobgarlik Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va kuzatish markaziga yuklatiladi.

Qonun ijrosi natijasida hayvonlar, ularning zot xususiyatlari va sog‘lig‘i haqida yagona elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bundan tashqari, ularning harakatlanishi (migratsiyasi) va himoyasini tartibga soluvchi qoidalar joriy etiladi. Doimiy monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilib, xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi to‘liq profilaktik emlashlar o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida yo‘lbars va yettita piton boqqan shaxs aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek