Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Unda mintaqa davlatlari rahbarlari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo-Italiya sammitida ishtirok etadi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» formatidagi sammitda ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda mintaqa davlatlari rahbarlari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, birinchi navbatda, «yashil» iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqand shahridagi ko‘chalardan biriga Italiya poytaxti – Rim nomi berildi. Qaror O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek