Toshkentda Mudofaa texnologiyalari festivali boshlandi – foto va video

eʼlon qilindi
«G‘alaba bog‘i»da
Mudofaa texnologiyalari festivali
Mudofaa texnologiyalari festivali / Foto: Mudofaa vazirligi

Toshkentdagi «G‘alaba bog‘i»da mudofaa sohasidagi axborot texnologiyalari festivali boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Video: Mudofaa vazirligi

Unda respublika Qurolli Kuchlariga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Фестиваль IT в сфере обороны
Mudofaa ko‘rgazmasida ekspozitsiya. Foto: Mudofaa vazirligi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mudofaa sohasida 50 ta davlat va 30 ta xorijiy kompaniya bilan hamkorlik qilmoqda.

Shuningdek, 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, natijada mudofaa sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 baravarga oshgan.

Фестиваль IT в сфере обороны
Zirhli transport vositalari va dronlar. Foto: Mudofaa vazirligi

«Shuningdek, ko‘rgazma doirasida ishtirokchi kompaniyalarning «B2B» biznes tadbirlari, ya’ni muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, festival doirasida yoshlar o‘rtasida «Kiber sport», «Xakerlik ustasi», «Dasturlash», «3D modellashtirish texnologiyalari», «Robotlar jangi», Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish”, «Raketamodel», «Dron-reysing» va «Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi» yo‘nalishlarida musobaqalar o‘tkaziladi», – deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Video: Mudofaa vazirligi

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kunini qanday nishonlagani haqida yozgandi.

Shuningdek