Toshkentda «Turon – Qipchoq» yer usti metro yo‘nalishi 3 oy muddatga yopiladi

eʼlon qilindi
Rejali profilaktik ta’mirlash ishlar tufayli
Foto: «Toshkent metropoliteni» DUK

2025-yil 8-iyundan boshlab, Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li «Turon – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida rejali profilaktik ta’mirlash ishlari boshlanadi. Mazkur jarayon 3 oy davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, deya ma’lum qildi «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati.

Mazkur ta’mirlash ishlari metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda. Shu vaqt mobaynida «Turon – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida metro harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Noqulayliklarning oldini olish uchun «Qipchoq – Quruvchilar – Qipchoq» yo‘nalishida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ular har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida harakat nega to‘xtab qolgani haqida yozgan edik.

Shuningdek