Xiaomi Tesla’dan arzon va yangi interyerdagi avtomobilni namoyish etdi 

eʼlon qilindi
Xabarga ko‘ra, yangi model Rossiya bozorlarida ham ko‘rinish bermoqda
Tesla’dan arzon va yangi interyerda
Tesla’dan arzon va yangi interyerda / Foto: xiaomiev.com

Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi elektr krossoveri – YU7’ni Pekindagi 13 ta rasmiy avtosalonlarida namoyish etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Smartfon ishlab chiqaruvchisi avtomobilsozlik sohasida navbatdagi qadamni qo‘yib, iyul oyidan oldindan buyurtmalarni ochishga tayyorlanmoqda. Dekabrdan beri barqaror tarzda Tesla Model 3’ni sotuvda ortda qoldirayotgan SU7 sedanining muvaffaqiyatidan so‘ng Xiaomi bu yutuqni SUV segmentida ham takrorlashga umid qilmoqda.

YU7 dizayn va funksionallik jihatdan Tesla Model Y bilan raqobatlashishga mo‘ljallangan. Krossover Xiaomi ekotizimiga – smartfonlardan tortib «aqlli uy»gacha – to‘liq integratsiyalanadi. Yangi model narxi 230 mingdan 330 ming yuangacha (taxminan $32 – $45 ming) bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Tesla Model Y 263 500 yuan ($36,5 ming) narxidan boshlanadi.

Xiaomi YU7
Xiaomi YU7 interyeri / Foto: CarNewsChina

Raqobatbardosh narx Xiaomi’ning «aqlli» qurilmalari bilan chuqur integratsiya, mahalliy ishlab chiqarish va aniq auditoriyaga kirish imkoniyati YU7’ni potensial xitga aylantiradi. Ayrimlar «aqlli» funksiyalar haddan ortiq deb hisoblashsa-da, salondagi noyob aksessuarlar va jismoniy ekotizimni kuchli jihat sifatida ajratib ko‘rsatishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Jeep Cherokee taqdim etilgani haqida yozgandi.

  

Shuningdek