Xorazm va Sirdaryoda korrupsionerlar qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda
Xorazm va Sirdaryoda korrupsionerlar qo‘lga tushdi / Foto: DXX

Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaviy qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xorazm viloyatidagi tumanlardan birida O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeyidan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan 27 tonna «Biostimulyator» o‘simliklar ozuqasini mahalliy fermerlarga qimmat narxlarda sotish uchun yordam evaziga $10 ming olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan. Unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «a, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryo viloyatida esa «Gulistonshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limi kichik, o‘rta biznes va budjet iste’molchilari bilan ishlash bo‘linmasi yetakchi muhandisi hamda mahallabay ishlash xizmati boshlig‘i fuqaroning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi bo‘yicha aniqlangan 164 mln so‘mlik zarar summasini 14 mln so‘mga kamaytirish evaziga $1 ming talab qilgani aniqlangan. DXX va IJQKD tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis ushbu pulni olgan vaqtida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX pul evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga olgan edi.

Shuningdek