Islom dunyosi iqtisodiy salohiyatidan toʻliq foydalana olmayapti – Erdoʻgʻon

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Islom iqtisodiyoti bo‘yicha ikkinchi Jahon sammiti bo‘lib o‘tdi
Rajab Toyyib Erdoʻgʻon. Foto: TRT

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Istanbulda oʻtkazilgan Islom iqtisodiyoti boʻyicha ikkinchi Jahon sammitida islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi.

Erdoʻgʻon musulmon mamlakatlari dunyo aholisining 25 foizini tashkil qilsa-da, islomiy moliya sektori hali salohiyatining atigi bir qismini amalga oshirayotganini ta’kidladi.

Erdoʻgʻonning fikricha, islom mamlakatlari savdo, investitsiya va moliyaviy hamkorlikni kuchaytirishi kerak. Turkiya rahbari hozirgi global iqtisodiyotning tengsizlik va ishlab chiqarishsiz oʻsishga asoslangan tizimining uzoq muddatli yechim emasligini, islom iqtisodiyoti esa adolat va birdamlikka asoslangan muqobil yoʻl boʻla olishini aytdi.

Shuningdek, Turkiyada islom banklari ulushi 8,1 foizda qolayotganini tanqid qilgan Erdoʻgʻon, mamlakatning islom moliyasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini qayd etdi.

Sammit doirasida islom moliyasi, FinTech texnologiyalari va halol iqtisodiyot standartlari kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida qanday masalalar koʻrib chiqilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek