May oyida dollar kursi qanday o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyining boshida (2-may kuni) dollar kursi 12 915 so‘m atrofida belgilangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 30-aprelga nisbatan deyarli o‘zgarmagan (12 920,16 so‘m). Ammo 30-mayga kelib dollar kursi 12 790,43 so‘mga pasaydi.
May oyi davomida dollar kursi bir necha bor ko‘tarilib-pasaydi. 14-may kuni u oy davomida eng yuqori darajaga – 12 980,16 so‘mga yetdi.
Shundan so‘ng, 19-may kuni kurs keskin tushib, 12 858,15 so‘mga pasaydi (bir kunda 58,95 so‘mga). Bu tendensiya davom etib, 29-mayga kelib dollar kursi oy davomida qayd etilgan eng past darajaga – 12 768,26 so‘mga tushdi.
Biroq 30-may kuni dollar kursi biroz ko‘tarilib, 22,17 so‘mga oshdi va 12 790,43 so‘mni tashkil etdi. Demak, mayda so‘m dollarga nisbatan taxminan 1 foizga mustahkamlangan.
May oyida dollar kursi qanday o‘zgardi

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevga ko‘ra, so‘m dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda.
Bu holatga global omillar, xususan dollarning xalqaro bozorlardagi qadrsizlanishi, oltin narxining 24%ga oshishi, zaxiralarning $49,2 mlrdga yetishi va oltin eksportining 62%ga ko‘tarilishi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, tashqi savdo profitsiti, pul o‘tkazmalari hajmining oshishi va S&P tomonidan reyting prognozining «ijobiy»ga ko‘tarilishi ham so‘mning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.