
Meksikada bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U mezbon sportchi Luis Kastilioga qarshi ringga chiqib, 8-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Kastilio Ahmadaliyevning kuchli bosimiga bardosh bera olmadi. Hakam bellashuvni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik bokschining ustunligini rasman e’tirof etdi.
Eslatib o‘tamiz, bu g‘alaba Ahmadaliyev uchun professional faoliyatidagi 15-jang bo‘ldi. U shu kungacha 14 marotaba ringni g‘olib sifatida tark etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Murodjon Ahmadaliyev meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Interim kamari sohibiga aylangani haqida xabar bergan edi.