O‘zbekistonning meva importi to‘rt baravar oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
$60 milliondan $250 millionga
Foto: Boarding2Now / depositphotos.com

Oʻzbekistonga 2021-yildan 2024-yilgacha olib kirilgan mevalar hajmi toʻrt baravardan ham koʻproqqa oshib, $60 milliondan $250 millionga yetdi, deya xabar bermoqda EastFruit.

Ma’lum qilinishicha, bu oʻsishga banan, sitrus mevalar – mandarin va apelsin hamda olmaga boʻlgan ichki talabning kuchaygani sabab boʻlgan. Importdagi eng katta sakrash aynan ekzotik mevalarda emas, balki olma kabi oddiy mahsulotda kuzatilgan: 2021 – 2024-yillar oraligʻida olma importi 17 baravar oshib, $85 milliondan oshdi.

Banan importi ham uch baravarga ortib, ilk bor $100 millionlik marrani zabt etdi. Mandarin importi esa undan ham tez oʻsib, uch yilda toʻrt baravar koʻpaydi va $95 millionga yetdi.

Shu bilan birga, mazkur davr ichida meva eksporti $341 milliondan $658 millionga koʻtarilib, qariyb ikki baravar oshgan. An’anaviy eksport mahsulotlari – uzum, gilos, oʻrik va quruq mevalar xorijiy bozorlarda mustahkam oʻrin egallab borayotgani bu oʻsishda muhim rol oʻynagan. Xususan, gilos eksportining qiymati 150 foizga oshib, $20 milliondan $50 milliongacha yetgani alohida ajralib turadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston meva-sabzavot eksportini 23 foizga qisqartirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek