Bryansk va Kurskdagi ko‘priklarning qulashi sabablari aniqlandi

Bryansk va Kursk viloyatlaridagi ko‘priklarning qulashiga portlashlar sabab bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tergov departamenti xabar berdi.
Rossiyaning ikki viloyatida ko‘prik qulashi 31-may va 1-iyun kunlari sodir bo‘lgan. Departament hodisani terakt deb atadi.
31-may kuni Bryansk viloyatida, Pilshino-Vigonichi temir yo‘l uchastkasida avtomobil ko‘prigi qulab tushgan edi. Buning natijasida Bryanskda yetti kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq kishilar jarohatlangan. Rasmiylarga ko‘ra, uning ostidan poyezd o‘tayotgan bo‘lgan.
1-iyun kuni 1-iyunga o‘tar kechasi Jeleznogorsk viloyatida, Ostapovo-Mixaylovskiy kon uchastkasida temir yo‘l ko‘prigi portlatib yuborilgani natijasida teplovoz ekipaji jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rossiyada kvota asosida ishlayotgan migrantlar imtihondan ozod etilishi mumkinligi haqida yozgan edi.