
Xitoyning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD Great Wall Motor rahbari tomonidan ilgari surilgan moliyaviy barqarorlikka oid tanqidlarga javoban, Evergrande bilan solishtirishni asossiz deb atadi. Bu haqda Carnewschina xabar bermoqda.
Great Wall Motor rahbari avtomobil sanoatidagi moliyaviy xavflarni Evergrande inqirozi bilan taqqoslab, bu sohada ham shunga o‘xshash inqiroz yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlagan edi. BYD esa bu da’volarni rad etib, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari boshqa yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarnikidan yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
BYDning aktivlar va majburiyatlar nisbati 70% ni tashkil etadi, bu esa Ford (84%), General Motors (76%) va Boeing (102%) kabi kompaniyalarnikidan pastroqdir. Kompaniyaning umumiy qarzi $80 mlrdni tashkil etadi. Bu Toyota ($374 mlrd), Volkswagen ($471 mlrd) va Ford ($235 mlrd) kabi raqobatchilarnikidan ancha kamdir. Foizli qarz miqdori esa $3,96 mlrd bo‘lib, Geely ($11,9 mlrd), SAIC ($13,1 mlrd), Toyota ($249 mlrd) kabi kompaniyalarnikidan sezilarli darajada past.
BYD ushbu ma’lumotlar orqali kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va boshqa yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga nisbatan afzalliklarini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD 87 ming dollarlik elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.