Dilorom Omonullaeva 66 yoshida olamdan o‘tdi

eʼlon qilindi
66 yoshida
Dilorom Omonullaeva 66 yoshida olamdan o‘tdi / Foto: UzA

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom, taniqli bastakor, ustoz va professor Dilorom Omonullaeva 66 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi xabar bermoqda.

U O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, milliy estrada musiqasi rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli kompozitor edi.

Dilorom Omonullaeva «Do‘stlik» ordeni, madaniyat va san’at sohasida «Fidokorona xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri sobiq Madaniyat vaziri Zafar Hakimov vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek