Eng yaxshi Xitoy elektromobillari qaysilar

1-iyun 2025 15:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng yaxshi Xitoy elektromobillari qaysilar / Foto: Auto.tech

Eng yaxshi Xitoy elektromobillari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda «Kitayski avtomobili» portalida ma’lum qilindi.

Reytingda 20 mingdan ortiq yangi avlod elektromobil egalari 11 ta yo‘nalish bo‘yicha (interyer, eksteryer, qulaylik, xavfsizlik va h.k.) 45 mezonda baho berdi. Eng yuqori ball — Xiaomi va BYD, eng past ball — Chery va Toyota avtomobillariga to‘g‘ri keldi.

Quyidagi jadvalda reyting bilan qisqacha tanishishingiz mumkin:

Segment1-o‘rin (ball)2-o‘rin (ball)Eng past (ball)
Kichik elektromobillarBYD Seagull (808)Dongfeng Nammi 01 (804)Leapmotor T03 (779)
Kompakt sedan/hatchbackGAC Aion RT (818)Xpeng Mona M03 (816)Toyota bZ3 (774)
Kompakt elektr krossoverBYD Yuan Plus (825)Geely EX5 (819)Wuling Bingo Plus (793)
O‘rta o‘lchamli sedan/hatchbackTesla Model 3 (821)Nio ET5 (820)Hongqi E-QM5 (795)
O‘rta o‘lchamli SUVLuxeed R7 EV (820)IM LS6 (819)Chery iCar 03 (770)
Katta elektromobillarXiaomi SU7 (825)IM L6 (813)Xpeng G9 (796)
Premium elektr SUVNio EC6 (818)BMW iX3 / Nio ES6 (817)Zeekr 009 (795)

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyning eng kuchli avtomobillari reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek