Samsung Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari muhim yangilanishni olishi kutilmoqda

1-iyun 2025 14:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari muhim yangilanishni olishi kutilmoqda / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari uchun One UI 8.0 beta versiyasini tez orada taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Geekbench’da oldindan o‘rnatilgan Android 16’ga ega Galaxy S22 Ultra paydo bo‘lgan edi. Biroq bu liniya beta-sinovda ishtirok etadimi yoki Samsung ushbu modellar uchun yangilanishning so‘nggi versiyasini darhol chiqaradimi yoki beta-bosqichni chetlab o‘tadimi, aniq emas edi.

Samsung Galaxy Jump 3 (M44) smartfoni foydalanuvchilari uchun One UI 7 interfeysi va Android 15 operatsion tizimining rasmiy yangilanishi taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 Edge egiluvchanlik testidan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek