Jalolobod va Namangan o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir yilda 150 million dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Qirg‘iziston O‘zbekistonga asosan chorva mollari va elektr energiyasi yetkazib bergan
Jalolobod va Namangan o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir yilda 150 million dollarga yetdi / Foto: Unsplash

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Namangan viloyati o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda yillik o‘sish 197 foizni tashkil qilib, 150 million dollarga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Qirg‘iziston viloyati O‘zbekiston Respublikasiga asosan chorvachilik, yong‘oq, elektr energiyasi va ko‘mir yetkazib beradi. Bu haqda Namanganda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ma’lum qilindi.

Forumda «Baytala» savdo-logistika markazi va GESlar kaskadi qurilishi boshlangani qayd etilgan. Ikki davlat tadbirkorlari ham turli shartnomalar imzolagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $846 mlndan oshgan bo‘lsa , 2023-yilda bu ko‘rsatkich $968,3 mlnni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda boshlangan E-GATE dasturi doirasida 83 kompaniya $23 mlnlik eksport shartnomalari tuzgani haqida yozgan edi.

Shuningdek