Mazda Chevrolet Tracker narxidagi avtomobilini taqdim etdi

Mazda kompaniyasi Mazda EZ-6 Sports Edition avtomobilining sotuvi 7-iyundan boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Carnewschina xabar bermoqda.
Ushbu model dastlab 2024-yil oktabr oyida sotuvga chiqarilgan standart EZ-6 modeliga asoslanadi va mavjud quvvat uzatuvchi variantlarini saqlab qolgan holda bir nechta sport yangilanishlarini taqdim etadi.



Sports Edition yon yubkalar, oyna qopqoqlari va 19 dyuymli qotishma g‘ildiraklar kabi qoraygan elementlari mavjud. U qizil tormoz kaliperlari bilan to‘ldirilgan. Ichki qism qizil kontrastli tikuv va uglerod tolasi aksentlari bilan yuqori sifatli qora zamsh qoplamasiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, 190 kVt quvvatga ega va 0 dan 100 km/soat tezlikka 6,9 soniyada tezlashuvchi elektr versiyasi ham mavjud.
Narxi $19 mingdan boshlanadi. Bu o‘zbek bozorida bojxona to‘lovlari va boshqa xizmatlar evaziga qimmat bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday narxga Chevrolet tracker avtomobilini xarid qilish mumkin. Modelni chegirmada 215 mln so‘mga sotib olsa bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mazda EZ-60 avtomobili yo‘l sinovlaridan o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.