O‘zbekiston yangilangan T-64 tankini taqdim etdi

eʼlon qilindi
U qo‘shimcha zirh va yangi dvigatel bilan jihozlangan
O‘zbekiston yangilangan T-64 tankini taqdim etdi / Foto: Goriziont Uz telegram kanali

O‘zbekiston Toshkentdagi mudofaa texnologiyalari festivalida sovet T-64 tankini modernizatsiya qilish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda «Miltarnyi»portali xabar bermoqda.

Tank qo‘shimcha zirh va yangi dvigatel bilan jihozlangan. Shu bilan birga, minoraga uskunalar, konditsioner tizimlari yoki qo‘shimcha elektronika o‘rnatish uchun maxsus bo‘lim qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.

Portal tankda tutun pardasi yotqizish uchun minomyotlar va NSVT (Nikitin-Sokolov-Volkov tanki) pulemyoti yo‘qligini ta’kidlagan.

2022-yilda O‘zbekiston armiyasida yuzdan ortiq T-64 tanklari, shuningdek, turli modifikatsiyadagi 100 dan ortiq T-72 tanklari xizmat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Dunyoda harbiy xarajatlar rekord darajada oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek