Rossiyada kvota asosida ishlayotgan migrantlar imtihondan ozod etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Tegishli hujjat Rossiya parlamentiga yuborildi
Rossiyada kvota asosida ishlayotgan migrantlar imtihondan ozod etilishi mumkin / Foto: Unsplash

Rossiya hukumati kvota asosida ishlayotgan mehnat muhojirlarini rus tili va tarixidan imtihonlardan ozod qilishni rejalashtirmoqda. Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Davlat Dumasiga yuborgan.

Muayyan toifadagi xorijliklarning ozod etilishi Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy va moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kutilmoqda. Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, xorij fuqarolari asosan sanoat va qurilish sohasida ishlaydi.

Kvota muhojirlarga Rossiyada bir yilgacha qolish imkonini beradi va ularning o‘z vaqtida chiqib ketishi uchun ish beruvchi javobgar bo‘ladi. 2024-yilda 156 mingga yaqin ishlash uchun ruxsatnomalar berildi.

Qonun loyihasi mualliflari kvota bo‘yicha mehnat muhojirlari asosan Xitoy, Hindiston, Turkmaniston va Turkiyadan kelishini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Migrantlar uchun patent olish tartibining bir qismi O‘zbekistonga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek