
Mashhur texno-bloger JerryRigEverything yaqinda Samsung‘ning eng yupqa smartfoni – Samsung Galaxy S25 Edge modelini o‘zining mashhur chidamlilik testlariga solib ko‘rdi.


Test davomida telefon sezilarli darajada egilgan va orqa qopqoq ramkadan ajralib chiqqan. Bu esa qurilmaning germetikligini buzadi. Ushbu holat kundalik foydalanishda kam uchrashi mumkin bo‘lsa-da, telefonni orqa cho‘ntakda olib yuradigan foydalanuvchilar uchun muhim ogohlantirish hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S25 Edge modeli batareya ishlash muddati bo‘yicha Galaxy S25 Plus’dan ancha ortda qolgani haqida yozgan edi.