Yangiliklar

2-iyun kuni dollar kursi sezilarli darajada oshdi

Yevro kursida ham keskin o‘sish qayd etildi
2-iyun kuni dollar kursi / zestmarina / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 2-iyun kuni AQSh dollarining o‘rtacha kursi 12 834,61 so‘mni tashkil etdi. Kurs avvalgi savdo kuniga nisbatan 44,18 so‘mga oshgan.

Ushbu o‘sish dollar kursining ikki kun ketma-ket mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni kurs 12 790,43 so‘mni tashkil etgan edi (+22,17).

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yevro kursida ham keskin o‘sish qayd etilib, u 175,82 so‘mga qimmatlashdi va 14 662,26 so‘mga yetdi.

Angliya funt sterlingi 150,64 so‘mga oshib, 17 380,63 so‘m darajasida belgilandi. Shuningdek, Xitoy yuani 5,07 so‘mga ko‘tarilib, 1 782,63 so‘mga chiqdi.

Yapon iyenasi 1 so‘mga oshib, 89,79 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesi esa 0,05 so‘mga ko‘tarilib, mos ravishda 162,65 so‘m va 25,09 so‘mga teng bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.