
Joriy yilda Qurbon hayiti namozi 6-iyun, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab barcha jome masjidlarda ado etiladi. Toshkent shahrida hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Quyida namoz vaqtlari hududlar kesimida:
| Hudud | Vaqti |
|---|---|
| Andijon | 05:00 |
| Namangan | 05:00 |
| Farg‘ona | 05:00 |
| Toshkent shahri | 05:10 |
| Toshkent viloyati | 05:10 |
| Sirdaryo | 05:20 |
| Jizzax | 05:20 |
| Samarqand | 05:20 |
| Surxondaryo | 05:25 |
| Qashqadaryo | 05:25 |
| Navoiy | 05:30 |
| Buxoro | 05:30 |
| Xorazm | 05:45 |
| Qoraqalpog‘iston | 05:50 |
Ma’lumot uchun, mazkur vaqtlarda quyosh chiqqanidan keyingi 15 – 20 daqiqalik tafovut inobatga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurbon hayiti O‘zbekistonda 6-iyun kuni nishonlanishi haqida yozgan edik.