Bo‘stonliqda «Teberda-NL» sayyohlik majmuasi ochildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Teberda-NL» sayyohlik majmuasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Dam olish maskani Qoranko‘l mahallasida joylashgan.
Majmua mehmonxonalar, dam olish maskanlari, suzish havzalari, o‘zbek va xorijiy taomlarni taqdim etuvchi restoranlarni o‘z ichiga oladi.
Hokimlik ushbu majmua mahalliy va xorijlik sayyohlarni qabul qilishga mo‘ljallanganini ta’kidlagan.
Bu Toshkent viloyatida ochilgan birinchi sayyohlik majmuasi emas. Joriy yilning aprel oyida Chirchiq qirg‘og‘ida «Chorvoq darvozasi» ochildi. O‘zmilliybank uni tashkil etishni moliyalashtirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Imom Buxoriy majmuasida muzey, mehmonxona va xizmat binolari qurilishi haqida yozgan edi.