
Jonatan Anderson Dior kompaniyasining yangi kreativ direktori bo‘ldi. Bu haqda Fransiya modalar uyi matbuot xizmati Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yangi direktor erkaklar va ayollar kiyimlarini modellashtirish bilan shug‘ullanadi. Dizayner 27-iyun kuni Parijda Dior Men Summer 2026 birinchi kolleksiyasini taqdim etishi kutilmoqda.
«Men bu ajoyib hikoyaning keyingi bobini yaratish uchun uning afsonaviy atelesi bilan birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdaman», – deb yozdi Jonatan Anderson Instagramda.
The New York Times’ning qayd etishicha, Anderson Dior’ning barcha yo‘nalishlarini birlashtirgan Kristian Diordan keyingi ikkinchi dizayner bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask siyosiy faoliyatini rasman tugatgani haqida xabar bergan edi.