FVV magnit bo‘roni tufayli yuzaga kelgan zilzila haqidagi mish-mishlarni rad etdi

eʼlon qilindi
Yer silkinishlari geomagnit maydondagi buzilishlar bilan bog‘liq emas
FVV magnit bo‘roni tufayli yuzaga kelgan zilzila haqidagi mish-mishlarni rad etdi / Foto: Unsplash

O‘zbek internet segmentida magnit bo‘roni tufayli sharqiy yarimsharda yetti balli zilzila sodir bo‘lgani haqidagi mish-mishlar yolg‘on. Bu haqda  Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) ma’lum qildi.

«Shuni ma’lum qilamizki, seysmik faollik magnit bo‘roniga bog‘liq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q», deyiladi vazirlik bayonotida.

FVV seysmologlar bilan birgalikda kuchli yerosti silkinishini ko‘rsatadigan g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni aniqlamagan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev seysmik xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlariga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgani haqida yozgan edik.

Shuningdek