
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun berilgan jarima ballari haqida endilikda my.gov.uz portali orqali istalgan vaqtda onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havola orqali o‘ting: my.gov.uz/uz/service/1238
Siz quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz:
- To‘plangan jarima ballari miqdori
- Qoidabuzarlik bo‘yicha qabul qilingan qaror raqami va sanasi
- Jarima ballariga asos bo‘lgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks modda va bandi
Ushbu xizmat haydovchilarga o‘z jarima tarixini kuzatib borish va huquqiy oqibatlardan ogoh bo‘lishda yordam beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi kuchga kirishi haqida xabar bergan edi.