Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotganlar ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkent va Surxondaryoda
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro O.H. ushlandi. U fuqaro M.A.ga 10 dona «Zardeks» nomli dori vositasini 750 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tadbir davomida undan jami 88 dona ushbu turdagi dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Keyinchalik O.H.ga dori vositalarini yetkazib berib kelgan J.N. va I.I. ham ushlandi. Ular O.H.ga mos ravishda 55 va 500 dona «Zardeks» dori vositalarini jami 20,5 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shunga o‘xshash holat Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ham qayd etildi. Departamentning mahalliy bo‘limi, DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Q.E. va uning sheriklari fuqaro X.B.ga 26 dona «Zardeks» dori vositasini 2,5 million so‘mga sotayotganida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda 120 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirin olib kirishga urinish fosh etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek