May oyida qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

eʼlon qilindi
2025-yilning may oyiga ko‘ra
May oyida qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi
/ Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1,1 mlrd kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatimiz energetika tarixidagi eng yuqori oylik natija bo‘lib, may oyidagi umumiy elektr generatsiyasining 17 foizini tashkil etdi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur energiyaning 712 mln kVt⋅soati quyosh stansiyalari, 392,1 mln kVt⋅soati esa shamol stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu natija — qayta tiklanuvchi manbalar asosidagi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha keskin o‘sish va texnologik taraqqiyot belgisi.

Energiya ishlab chiqarishdagi bu o‘sish ekologik samaradorlikni ham ko‘rsatdi. Xususan, may oyida 335,8 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi. Shu bilan birga, atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 638 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid, 537 tonna azot oksidi, 6,7 tonna oltingugurt dioksidi va 100 tonna uglerod oksidi chiqindilarining oldi olindi. Bu esa mamlakatimizda ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim qadamdir.

Bundan tashqari, may oyida barcha gidro, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1,8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu esa umumiy elektr generatsiyasining 28 foizini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 1,8 mingta xonadonning 5 oylik yoki 755 ming xonadonning 1 yillik elektr ta’minotini qoplay oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq konditsionerdagi ko‘pchilik bilmaydigan energiya tejovchi tizim haqida yozgan edik.

Shuningdek