Muzliklar Markaziy Osiyo suv xavfsizligida muhim o‘rin tutadi – Ekologiya vaziri

eʼlon qilindi
Mintaqaning barqaror rivojlanishida ham
Muzliklar Markaziy Osiyo suv xavfsizligida muhim o‘rin tutadi – Ekologiya vaziri / Foto: Ekologiya vazirligi

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan muzliklarni saqlash bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi va bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Konferensiyada 90 dan ortiq davlatlardan 2,5 mingga yaqin vakil, jumladan, davlat rahbarlari, BMT va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari qatnashdi. Tadbirda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon global muzliklarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Ekologiya vazirligi

O‘zbekiston vakili sifatida so‘zga chiqqan vazir muzliklar Markaziy Osiyo suv xavfsizligi va barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutishini qayd etdi. U mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar – «Yashil makon» tashabbusi, Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirish va yashil texnologiyalar joriy etilishi haqida axborot berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan «Markaziy Osiyo + Yashil iqlim jamg‘armasi» (YIJ) doirasida davlatlararo ishchi guruh tuzish, mintaqaviy loyiha va tashabbuslarni moliyalashtirish mexanizmlarini kuchaytirish taklifi ilgari surildi.

Anjuman «Suv, yer va iqlim o‘zgarishi (NEXUS)» mintaqaviy dasturi muhokamasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston mazkur global tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek