
Bangkokda boks bo‘yicha Thailand Open xalqaro musobaqasi yakunlandi. Unda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar 16 ta medal bilan peshqadamga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar bermoqda.
1-iyun kuni bo‘lib o‘tgan final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ishtirok etdi, ulardan besh nafari g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari bilan quyidagi jadvallarda tanishishingiz mumkin.
Oltin medal
Vazn toifasi | Ism familiyasi |
---|---|
-50 kg | Shodiyorjon Meliqo‘ziev |
-55 kg | Farozbek Do‘smatov |
-85 kg | Nusratbek Tohirov |
-48 kg | Farzona Fozilova |
-75 kg | Aziza Zokirova |
Kumush medal
Vazn toifasi | Ism familiyasi |
---|---|
-70 kg | Muhammadazizbek Ismoilov |
-75 kg | Javoxir Abdurahimov |
-51 kg | Sabina Boboqulova |
-54 kg | Feruza Kazakova |
Bronza medali
Vazn toifasi | Ismi familiyasi |
---|---|
-60 kg | Madiyar Doniyarov |
-80 kg | Samandar Jalolov |
-90 kg | Elyorbek Juraboev |
+90 kg | Abdurahmon Rustamov |
-57 kg | Nigina O‘ktamova |
-65 kg | Navbahor Xamidova |
-70 kg | Oisha Toirova |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati bahslarining ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari to‘qqizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.