Sport

O‘zbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi

Jami 16 ta medal
O‘zbekistonlik bokschilar Thailanddagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi / Foto: MOQ

Bangkokda boks bo‘yicha Thailand Open xalqaro musobaqasi yakunlandi. Unda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar 16 ta medal bilan peshqadamga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xabar bermoqda.

1-iyun kuni bo‘lib o‘tgan final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ishtirok etdi, ulardan besh nafari g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: MOQ

Musobaqa g‘oliblari bilan quyidagi jadvallarda tanishishingiz mumkin.

Oltin medal

Vazn toifasiIsm familiyasi
-50 kgShodiyorjon Meliqo‘ziev
-55 kgFarozbek Do‘smatov
-85 kgNusratbek Tohirov
-48 kgFarzona Fozilova
-75 kgAziza Zokirova

Kumush medal

Vazn toifasiIsm familiyasi
-70 kgMuhammadazizbek Ismoilov
-75 kgJavoxir Abdurahimov
-51 kgSabina Boboqulova
-54 kgFeruza Kazakova

Bronza medali

Vazn toifasiIsmi familiyasi
-60 kgMadiyar Doniyarov
-80 kgSamandar Jalolov
-90 kgElyorbek Juraboev
+90 kgAbdurahmon Rustamov
-57 kgNigina O‘ktamova
-65 kgNavbahor Xamidova
-70 kgOisha Toirova

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Polshada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati bahslarining ikkinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari to‘qqizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.