Avto

Qaysi Chevrolet avtomobillarini navbatsiz sotib olish mumkin

Jami 14 mingdan ziyod avtomobillar sotuvga chiqarildi
Chevrolet
Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellarini navbatsiz sotib olish mumkinmi / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

UzAuto Motors kompaniyasi o‘zining rasmiy dilerlik tarmoqlarida 14,4 mingta avtomobilni navbatsiz sotuvga chiqardi. Autostrada nashrining yozishicha, avtomobillar orasida Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari mavjud.

Sotuvga chiqarilgan modellar bilan quyidagi jadvallarda tanishishingiz mumkin.

Chevrolet Damas

Foto: Lionmotors.uz
Komplektatsiya nomiMavjud soni (dona)
D11 STYLE (yuk tashuvchi)291
D2 STYLE PLUS3 178
D3 STYLE Kombi341
LB2 PLUS NEW261
Jami:4 071

Chevrolet Damas modelining narxi 93 mln so‘mdan boshlanadi.

Chevrolet Onix

Foto: UzAuto Motors
Komplektatsiya nomiMavjud soni (dona)
LS MT1 008
3LT MT1 013
LTZ Turbo AT907
Premier 2 Turbo AT evro208
Premier 2 Turbo AT PLUS1 823
TURBO AT REDLINE922
Premier 2 Turbo AT PLUS wo C686
Jami:5 887

Onix modelining narxi 162 mln so‘mdan boshlanadi.

Chevrolet Tracker

Foto: UzAuto Motors
Komplektatsiya nomiMavjud soni (dona)
TRK LS PLUS669
TRK LTZ PLUS722
TRK Premier PLUS1 349
TRK Premier PLUS wo C68934
TRK REDLINE778
TRK REDLINE EVRO1
Jami:4 453

Chevrolet Tracker modelining narxi 215 mln so‘mdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL avtomobili uchun qayta kontraktatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Biroq UzAuto Motors kompaniyasi oradan bir soat ham o‘tmay, barcha shartnomalar yakunlangani haqida xabar bergan.