Yangiliklar

Qozog‘iston bilan chegarada 15 bosh iloni mavjud bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Bu ilonlar O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan
bojxona
Qozog‘iston bilan chegarada 15 bosh iloni mavjud bo‘lgan ayol qo‘lga olindi / Foto: kluch.media

O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi «Navoiy» bojxona postida xorijlik ayol qo‘lga olindi. U O‘zbekistondan 15 dona ilonni olib chiqishga uringan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Uning ilonlarni tashish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan. U ilonlarni o‘n litrlik plastik shishada olib yurgan.

Qo‘mitaning tushuntirishicha, bular O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Sharq bo‘g‘ma ilonlaridir. Hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘iga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Dovut-ota» chegara punkti 1-sentabrgacha vaqtincha yopilgani haqida yozgan edi.