Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston suvdan foydalanish bo‘yicha hujjat imzoladi

Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonlari Bahri Tojik suv ombori resurslaridan yerlarni sug‘orish uchun birgalikda foydalanish to‘g‘risida hujjat imzoladi. Bu haqda Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suv omboridan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi hujjat Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirlari tomonidan imzolangan. Hujjat 2025-yilning iyunidan avgustigacha obyektdan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ma’lumot uchun, Bahri Tojik (yoki Qayroqqum) suv ombori – Tojikistonning shimoliy qismida, Sug‘d viloyatida joylashgan yirik suv inshootidir. U 1959-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, Sirdaryo daryosi oqimida qurilgan.
2021-yil iyun oyida Tojikiston Bahri Tojik suv omboridan 315 mln m³ suvni Qozog‘istonga yo‘naltirishga rozi bo‘ldi. Bu suv Qirg‘iziston orqali Qozog‘istonning Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlariga yetkaziladi. Buning evaziga, Qozog‘iston Tojikistonga material va texnik yordam ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tojikiston O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qilgani haqida yozgan edi.