Samsung Galaxy S25 Edge energiya tejamkorligi bo‘yicha iPhone 16 Pro Max bilan tenglashdi

2-iyun 2025 09:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Galaxy S25 Edge
Samsung Galaxy S25 Edge energiya tejamkorligi bo‘yicha iPhone 16 Pro Max bilan tenglashdi / Foto: Ubergizmo

Samsung Galaxy S25 Edge 7 soat 57 daqiqa ishlab, energiya tejamkorligi bo‘yicha iPhone 16 Pro Max bilan tenglashdi. Bu haqda Notebookcheck xabar bermoqda.

Testda Galaxy S25 Edge turli top-flagman modellari bilan solishtirildi. Ular orasida Xiaomi 15 Ultra, Pixel 9 Pro XL, OnePlus 13, iPhone 16 Pro Max, Honor Magic7 Pro, Oppo Find X8 Pro, Sony Xperia 1 VII, Galaxy S25 Ultra va Vivo X200 Pro bor edi.

Barcha qurilmalarning avtonom ishlash vaqti tekshirildi. Test davomida turli ilovalar ishga tushirildi. Galaxy S25 Edge 3900 mA·soatli eng kichik akkumulyatorga ega bo‘lishiga qaramay, 7 soat 57 daqiqa ishlagan. Ushbu ko‘rsatkich bilan model eng oxirgi o‘rinni qayd etgan.

Foto: Samsung

Ammo quvvat tejamkorligi, ya’ni 1 daqiqada sarflangan o‘rtacha quvvat bo‘yicha holat butunlay o‘zgardi. Bu ko‘rsatkichda Galaxy S25 Edge 8,2 mA·soat/daqiqa natija bilan iPhone 16 Pro Max bilan teng ikkinchi o‘ringa chiqdi.

Ro‘yxatdagi yetakchi esa Vivo X200 Pro bo‘ldi – 7,6 mA·soat/daqiqa bilan eng tejamkor qurilma deb topildi.

Qolgan smartfonlar energiya sarfi bo‘yicha quyidagicha joylashdi:

  • Honor Magic7 Pro – 8,9 mA·soat/daq
  • Oppo Find X8 Pro – 9,0 mA·soat/daq
  • Galaxy S25 Ultra, Xperia 1 VII va OnePlus 13 – har biri 9,2 mA·soat/daq
  • Pixel 9 Pro XL – 9,7 mA·soat/daq
  • Xiaomi 15 Ultra – 10,1 mA·soat/daq (eng yomon ko‘rsatkich)
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy S25 Edge modelini juda yupqa korpusda ishlab chiqdi. Bu akkumulyator hajmi kichik bo‘lishiga majbur qiladi. Biroq kompaniya texnologik yechimlar orqali quvvat sarfini iloji boricha kamaytirishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlari muhim yangilanishni olishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek