
Tecno kompaniyasi tomonidan Hindistonda korpusining qalinligi atigi 7,5 mm bo‘lgan Pova Curve 5G smartfoni ishga tushirildi. Bu haqda Lifehacher xabar bermoqda.
Qurilma futuristik dizaynga ega bo‘lib, uning orqa tomonida porlab turadigan LED chiroqlar yo‘q. Model 6,78 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, 1080p o‘lchamli, yangilanish tezligi 144 Gts va eng yuqori yorqinligi 1300 nitsga teng. Ekranning tanaga nisbati 93,8 foizni tashkil etadi.

Smartfon 6/8 GB operativ va 128 GB ichki xotira bilan jihozlangan. 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator 45 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Tecno’ning ta’kidlashicha, qurilmani 50% ga quvvatlash uchun atigi 15 daqiqa kerak bo‘ladi.
Pova Curve 5G 64MP Sony IMX682 1/1,73 dyuymli keng burchakli sensor va 2MP chuqurlik sensoriga ega. Selfi uchun 13 MP kamera mavjud.

Smartfonning narxi $180 dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tecno rasman Pova Curve smartfonini e’lon qilgani haqida yozgan edi.