Yangiliklar

Toqayev 2029-yilda iste’foga chiqadi

Bu haqda Qozog‘iston rahbari Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi
Toqayev 2029-yilda iste’foga chiqadi / Gov.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida davlat rahbari lavozimini to‘rt yildan keyin tark etishini aytdi.

«2029 yilda men iste’foga chiqishimni e’lon qilgandim. Chunki bu mening xalqim va shaxsiy talabim», – deydi u.

Toqayev davlat rahbari Xudoning himoyachisi emas, balki xalq tomonidan yollangan boshqaruvchi ekanini ta’kidladi.

Qosim-Jomart Toqayev 1953-yil 17-mayda Olmaota shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini SSSR Tashqi ishlar vazirligida boshlagan. 1990 – 2000-yillarda Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligini boshqargan.

2019-yilning mart oyida u Qozog‘iston Respublikasi rahbari bo‘lib, mamlakatni 30 yilga yaqin boshqargan Nursulton Nazarboyev o‘rnini egalladi. 2022-yil kuzida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi rahbarining navbatdan tashqari saylovlarida Toqayev 81,31 foiz ovoz olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.