Yangi raqamli O‘zbekiston: Toshkentda M360 Eurasia 2025 sammiti qanday yakunlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Beeline Uzbekistan

22-may kuni Toshkentda GSMA tashkilotining M360 Eurasia 2025 sammiti muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. Bu sammit Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazildi. O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, Beeline Uzbekistan va VEON Group tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu muhim tadbir butun Yevroosiyo bo‘ylab global mobil aloqa va texnologiya sohalarining nufuzli rahbarlari, siyosatchilar, investorlar hamda soha mutaxassislarini bir joyga to‘pladi. Jami 60 mamlakatdan 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan bu tadbir O‘zbekistonning mintaqaviy texnologiyalar markazi va Markaziy Osiyo uchun raqamli ko‘prik sifatidagi mavqeyi tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

M360 Eurasia 2025 mintaqa bo‘ylab raqamli transformatsiyani tezlashtirish bo‘yicha muhokamalar uchun strategik platforma vazifasini o‘tadi. Unda asosiy e’tibor raqamli tafovutni bartaraf etishga qaratildi, chunki bu 2030-yilga kelib mintaqa uchun 415 milliard AQSH dollari miqdorida YaIMni ochish imkoniyatini beradi.

Kun tartibida raqamli rivojlanish kelajagini shakllantiruvchi asosiy yo‘nalishlar aks ettirildi: mobil tarmoqlarda kengaytirilgan sun’iy intellektni joriy etish, 5G tarmog‘ini keng qamrovli tatbiq etish, barqaror va kengaytiriladigan texnologik ekotizimlarni yaratish, tarmoqlararo raqamli yechimlar va ma’lumotlarni boshqarishning mustahkam asoslarini ishlab chiqish.

GSMA bashoratlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib 5G Yevroosiyo mintaqasidagi barcha mobil aloqalarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etadi, bu esa mazkur mavzularning g‘oyat muhimligini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar markazlari va GSMA Open Gateway tashabbusi – operatorlar va dasturchilar uchun standartlashtirilgan, global API tizimini yaratishga mo‘ljallangan loyiha – o‘rganilgan asosiy mavzular qatoriga kirdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

«Toshkentda ilk bor M360 Eurasia 2025 forumini o‘tkazish O‘zbekiston uchun sharaf va bizning ulkan raqamli rejalarimizning e’tirofidir. Ushbu global tadbir muvaffaqiyati O‘zbekiston Prezidentining mamlakatni mintaqaviy IT-markazga aylantirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan yondashuvini aks ettiruvchi «Raqamli O‘zbekiston – 2030″ strategiyasini amalga oshirishda to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimizni tasdiqladi. Ushbu forumni muvaffaqiyatli o‘tkazish orqali O‘zbekiston innovatsiyalarni olg‘a surishi va butun Markaziy Osiyo uchun raqamli o‘sishni rag‘batlantiradigan hamkorlik maydoniga aylanishga tayyorligini isbotladi», – dedi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Foto: Beeline Uzbekistan

«Toshkentda M360 Eurasia 2025 muvaffaqiyatli o‘tkazilishi hukumat, biznes va xalqaro hamjamiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari innovatsiyalar va barqaror rivojlanish uchun qanday kuchli turtki berishi mumkinligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston raqamli sohaning butun salohiyatini ro‘yobga chiqarishga tayyorligini yaqqol namoyish etdi va Toshkent, shubhasiz, jahon raqamli xaritasida muhim nuqta bo‘lib qoladi», – dedi GSMA bosh direktori Vivek Badrinat.

«Toshkentda o‘tkazilgan M360 Eurasia 2025 Yevroosiyoning raqamli o‘zgarishlar uchun ulkan imkoniyatlarga ega mintaqa ekanligini yaqqol namoyon etdi. VEON uchun bu ilg‘or texnologiyalarga sarmoya kiritish va foydalanuvchilarga har kuni 1440 daqiqa dolzarb bo‘lgan bog‘langan raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli ekotizimlarni yaratish muhimligini ta’kidlash imkoniyati bo‘ldi. Biz shunday tadbir hamkori bo‘lishdan va mintaqaning raqamli o‘zgarishiga hissa qo‘shishni davom ettirishdan mamnunmiz», – deya ta’kidladi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu.

Foto: Beeline Uzbekistan

«Biz Toshkentda shunday nufuzli xalqaro auditoriyani to‘plaganimizdan faxrlanamiz. Ushbu forum O‘zbekiston raqamli o‘zgarishlar yo‘lida shiddat bilan ilgarilab borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Ishonchimiz komilki, bu yerda tug‘ilgan g‘oyalar va aloqalar yangi imkoniyatlar, investitsiyalar va innovatsiyalar uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi hamda mamlakatimizning raqamli kelajakdagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlaydi», – dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

Foto: Beeline Uzbekistan

Shuningdek, forum doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash va butun mintaqa bo‘ylab texnologik taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida ko‘plab shartnomalar imzolandi.

GSMA tomonidan Toshkentda tashkil etilgan M360 Eurasia 2025 Yevroosiyoda raqamli hamkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. O‘zbekiston xalqaro texnologik muloqot uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilishga, hamkorlik va taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar ochishga qodir ekanligini yana bir bor isbotladi.

GSMA haqida

GSMA – bu ijobiy biznes muhiti va jamiyatdagi o‘zgarishlarga asos bo‘luvchi innovatsiyalarni kashf etish, rivojlantirish va joriy etish maqsadida mobil ekotizimni birlashtiruvchi global tashkilotdir. Bizning maqsadimiz insonlar, sanoat va jamiyat ravnaq topishi uchun aloqaning to‘liq imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdir. Mobil ekotizim va unga yondosh sohalar bo‘ylab mobil operatorlar hamda tashkilotlarni ifoda etuvchi GSMA o‘z a’zolariga uch asosiy yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi: Ezgulik yo‘lidagi aloqa, sanoat xizmatlari va yechimlari hamda tashqi aloqalar. Bu faoliyat siyosatni takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb ijtimoiy muammolarini hal qilish, mobil texnologiyalar va o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, MWC va M360 tadbirlari doirasida mobil ekotizimni to‘plash uchun dunyodagi eng yirik platformani taqdim etishni o‘z ichiga oladi.Batafsil ma’lumot olish uchun gsma.com saytiga tashrif buyuring

Beeline Uzbekistan haqida

«Unitel» MCHJ 2006-yil 12-sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubayda joylashgan VEON Group xalqaro telekommunikatsiya holdingiga kiradi. Unitel 2024 va 2025-yillarda «Top Employer» sertifikatiga ega bo‘ldi.

VEON deyarli 160 million mijozga konvergent ulanish va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operatordir. Dunyo aholisining 7 foizdan ortig‘i istiqomat qiladigan oltita mamlakatda faoliyat yuritayotgan VEON, insonlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. Bosh qarorgohi Dubayda joylashgan. VEON NASDAQ-da ro‘yxatdan o‘tgan. 

Beeline Uzbekistan tarkibida taxminan 1,9 ming xodim ishlaydi. VEON 2006-yildan buyon, ya’ni bozorga kirib kelgan vaqtidan boshlab, O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritgan. «Unitel» MCHJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan.

Reklama huquqlari asosida

Shuningdek