14 ming dollarlik Geely Galaxy A7 EM avtomobili taqdim etildi

3-iyun 2025 13:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
14 ming dollarlik Geely Galaxy A7 EM avtomobili taqdim etildi / Foto: Geely

Geely o‘zining Galaxy subbrendi ostida yangi Galaxy A7 EM-i sedanini namoyish etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model gibrid tizimga ega bo‘lib, 100 km ga atigi 2 litrdan sal ko‘proq yoqilg‘i sarflaydi va umumiy yurish zaxirasi 2100 km dan ortiq.

Foto: Geely

U Galaxy Star 8 EM-i modelining ixchamroq muqobili sifatida taklif etilmoqda. A7 EM-i 4918 mm uzunlik, 1905 mm kenglik va 1495 mm balandlikka ega. Uning gabaritlari Toyota Camry va Honda Accord bilan bir xil sinfga mansub.

Ichki makonda ikki spikali rul, katta raqamli panel va markaziy sensorli ekran mavjud. Konsolga media disk, konditsioner tugmalari va yopiladigan stakan tutgichlar o‘rnatilgan.

Avtomobil 1,5 litrli benzinli dvigatel va elektromotordan iborat gibrid tizimga ega. Dvigatel 112 ot kuchi ishlab chiqaradi. Yakuniy texnik ko‘rsatkichlar e’lon qilinmagan, biroq tizim Star 8 EM-i modeliga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Geely

Galaxy A7 EM-i ikkita versiyada taklif qilinadi: biri 60 km, ikkinchisi esa 130 km elektr yurish zaxirasiga ega. Narxi taxminan $14 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely Galaxy E5’ning batareyasi 36 tonnalik tank yordamida sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek