Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasi raisi lavozimini egalladi

eʼlon qilindi
Bmt
U Bosh Assambleya raisi lavozimiga yagona nomzod bo‘lgan
Анналена Бербок
Annalena Baerbok BMT Bosh Assambleyasi raisi lavozimini egalladi / Foto: REUTERS/Mohamed Azakir/File Photo

Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda Pragativade nashri xabar bermoqda.

U bu lavozimga ko‘rsatilgan yagona nomzod edi. Berbok 2025/2026-yillarda Bosh Assambleyaga raislik qiladi.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vazirligi YeXHTning sobiq bosh kotibi va mansabdor diplomati Helga Shmidt nomzodini ilgari surishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

«Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ikkinchi Jahon urushi kulidan tug‘ilishi bizga eslatib turadi: Biz avval ham og‘ir kunlarni boshdan kechirganmiz. Bu qiyinchiliklarni yengish o‘zimizga bog‘liq», – degan u jurnalistlarga bergan intervyusida.

U «Birgalikda yaxshiroq» shiori ostida raislik qiladi.

Annalena Berbok 1980-yil 15-dekabrda Gannoverda tug‘ilgan. 2018-yildan 2022-yilgacha u Alyans 90/Yashillar partiyasining hamraisi bo‘lgan. 2021-yil dekabridan 2025-yil mayigacha 
Olaf Scholz hukumatida Germaniya tashqi ishlar vazirligini boshqargan.

Avvalroq BMT yetti mingga yaqin xodimlarini ishdan bo‘shatishi mumkinligi haqida yozgan edik.
.

Shuningdek