Dollar yana oshdi

eʼlon qilindi
Yevro kursida ham o‘sish qayd etildi
Dollar
Foto: alfexe / depositphotos.com

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 3-iyun kuni AQSh dollarining o‘rtacha kursi 12 857,35 so‘mni tashkil etdi. Kurs avvalgi savdo kuniga nisbatan 22,74 so‘mga oshgan.

Ushbu o‘sish dollar kursining uch kun ketma-ket mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni kurs 12 790,43 so‘mni tashkil etgan edi (+22,17).

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yevro kursida ham o‘sish qayd etilib, u 10,55 so‘mga qimmatlashdi va 14 672,81 so‘mga yetdi.

Angliya funt sterlingi 3,92 so‘mga pastlab, 17 376,71 so‘m darajasida belgilandi. Shuningdek, Xitoy yuani 6,12 so‘mga ko‘tarilib, 1 788,75 so‘mga chiqdi.

Yapon iyenasi 0,22 so‘mga oshib, 90,01 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa 0,08 so‘mga ko‘tarilib, 163,45 so‘mga teng bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek