Farg‘onada fermer xo‘jaligi 1,8 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Holat yuzasidan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan ruxsatsiz foydalanib kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, xo‘jalik hisoblagich tizimidan tashqarida elektr tarmog‘iga ulanish orqali ikkilamchi kuchlanish zanjirlarini ataylab uzib qo‘ygan va elektr energiyasini noqonuniy tarzda iste’mol qilib kelgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, fermer xo‘jaligi tomonidan 1, 845 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Tergovoldi harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasi 597 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani haqida yozgandi.