FAW Audi va Huawei hamkorligida yangi Q6L e-tron taqdim etildi

3-iyun 2025 10:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
FAW Audi va Huawei hamkorligida yangi Q6L e-tron taqdim etildi / Foto: Carnewschina

FAW Audi Guangdong – Gonkong – Makao avtosalonida yangi Q6L e-tron elektromobilining savdosini boshladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Ushbu model Audi va Huawei hamkorligida yaratilgan bo‘lib, Xitoy bozoriga moslashtirilgan yuqori texnologiyali hashamatli SUV hisoblanadi.

Foto: Carnewschina

Q6L e-tron PPE platformasiga asoslangan va Huawei’ning Qiankun aqlli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Tizim ikki dona LiDAR va kamerali birlashgan datchiklar yordamida avtonom boshqaruv imkonini beradi.

Mashina 800 quvvatlash texnologiyasi bilan 270 kVt (362 ot kuchi) quvvatda tez zaryadlanadi. CLTC bo‘yicha bir quvvat bilan 765 km (475 mil) yo‘l bosadi.

Foto: Carnewschina

Xavfsizlik uchun poygachilik darajasidagi karkas, batareya uchun ikki barobar issiqlik nazorati va 1000V izolatsiya tizimi qo‘llanilgan. Avtomobil turli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Q6L e-tron Audi’ning e-quattro tizimiga ega bo‘lib, nemischa boshqaruv an’analarini davom ettiradi. Elektromobil tebranishlarni kamaytirish orqali yengil boshqaruv va qulaylikni ta’minlaydi.

Tashqi ko‘rinishi Audi R8 dizayneri tomonidan yaratilgan. Uzun g‘ildirak bazasi, sport ko‘rinish, yopiq radiator panjarasi va LED chiroqlar avtomobilga zamonaviy ko‘rinish beradi.

Foto: Carnewschina

Ichki qismlari 11,9 dyuymli haydovchi ekran, 14,5 dyuymli markaziy boshqaruv paneli, 10,9 dyuymli yo‘lovchi ekrani hamda 88 dyuymli AR-HUD bilan jihozlangan.

Avtomobil o‘lchamlari: uzunligi 4884 mm, kengligi 1965 mm, balandligi 1694 mm, g‘ildirak bazasi 2995 mmni tashkil etadi.

Oldi sotuv davrida xaridorlar 60 ming yuan ($8 300 AQSh)gacha bo‘lgan jihozlar to‘plami va qo‘shimcha uchta maxsus bonusga ega bo‘lishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi A5L so‘nggi avlod dvigateli va innovatsion interyeri bilan namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek