Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda

eʼlon qilindi
Saylov natijasi 4-iyun kuni e’lon qilinadi
Janubiy Koreya
Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda / Foto: Kim Hong-Ji / Reuters

2025-yil 3-iyun kuni Janubiy Koreya fuqarolari yangi prezidentni saylash uchun ovoz bermoqda. Bu haqda Reyters agentligi ma’lum qildi.

Saylov mamlakatni larzaga keltirgan – sobiq prezident Yun Suk Yol tomonidan joriy etilgan qisqa muddatli harbiy holatdan so‘nggi siyosiy beqarorlikni yakunlash maqsadini ko‘zlaydi.

Yetakchi nomzodlar – liberal Li Chje Myon va konservator Kim Mun Su – turlicha iqtisodiy va siyosiy yondashuvlarni taklif etmoqda. Li past va o‘rta daromadli qatlamlarga ko‘makni oshirish tarafdori bo‘lsa, Kim biznesga erkinlik berishga urg‘u bermoqda.

Saylovchilar yangi rahbardan jamiyatdagi bo‘linishni bartaraf etish va iqtisodiy inqirozdan chiqishga yo‘l topishni kutmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, Li raqibi Kimdan 14 foiz farq bilan oldinda bormoqda.

Saylov natijasi 4-iyun kuni e’lon qilinadi. Yangi prezident darhol lavozimga kirishadi, chunki sobiq rahbarning ishdan olinishi ortidan prezident lavozimi bo‘sh qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Farg‘onada Smart Factory ishga tushirishni rejalashtirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek