Janubiy Koreyadagi prezidentlikka saylovida Lee Jae-myung nomzodi yetakchilik qilmoqda

2025-yil 3-iyun kuni Janubiy Koreyada o‘tkazilgan muddatdan oldingi prezidentlik saylovida muxolifat yetakchisi, Demokratik partiya vakili Lee Jae-myung g‘alaba qozonishi kutilmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
KBS, MBC va SBS telekanallari tomonidan e’lon qilingan chiqish so‘rovlari natijasiga ko‘ra, Lee 51,7% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Uning asosiy raqibi, hokimiyatdagi konservativ partiyadan Kim Moon-soo esa 39,3% ovoz olgan.
Saylov avvalgi prezident Yun Sok Yol tomonidan e’lon qilingan harbiy holat va siyosiy inqirozdan olti oy o‘tib bo‘lib o‘tdi. Lee o‘sha dramatik vaziyatda parlamentga kirib, harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berganlardan biri sifatida xalq orasida mashhurlikka erishgan.
Ovoz berishda ishtirok etish 79,3%ni tashkil qilib, 1997-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Rasmiy natijalar hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, Lee’ning yaqin orada rasman prezident bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi rahbarni iqtisodiy qiyinchiliklar, tashqi siyosiy bosimlar va ichki islohotlar kutmoqda. Lee inson huquqlari, iqtisodiy o‘sish va Shimoliy Koreya bilan muloqotni asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlangani haqida xabar bergan edik.