
KIA kompaniyasi 2010 – 2016-yillarda Rossiyada sotilgan 55 mingga yaqin avtomobilni chaqirib olishini e’lon qildi. Bu haqda «Rosstandart» xabar bermoqda.
Bunga sabab – dvigatel bo‘limida joylashgan gidravlik elektron boshqaruv blokining bosma platasi qisqa tutashuv xavfiga ega ekani bilan bog‘liq.
Kompaniya muammo bartaraf etilguncha avtomobillarni ochiq havoda, binolardan va boshqa mashinalardan yiroq joyga qo‘yishni tavsiya qilmoqda.
Kia kompaniyasi yaqin kunlarda avtomobil egalari bilan bog‘lanishni boshlaydi va ABS tizimidagi himoya qurilmasini bepul almashtirishni taklif qiladi.
Avtomobil chaqiruv ro‘yxatida bor-yo‘qligini Rosstandart saytida VIN-kod orqali aniqlash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri KIA’ning Carnival 2026 miniveni narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.