
2025-yil 3-may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Kopakabana plyajida Ledi Gaganing bepul konserti tarixdagi eng yirik yakka chiqish sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Girl nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, taxminan 2,5 mln muxlis jam bo‘lgan bu tadbir, avvalgi rekord egasi Madonnaning 2024-yilda shu joyda o‘tkazgan 1,6 mln odamlik konsertini ortda qoldirdi.
Bu Ledi Gaganing Braziliyadagi 13 yillik tanaffusdan keyingi ilk chiqishi bo‘ldi. Konsert Rio shahri iqtisodiyotiga 600 mln real ($105 mln) daromad keltirgan.
Konsert davomida Gaga yangi albomi Mayhemdan o‘zining eng mashhur xitlari – Born This Way, Poker Face, Bad Romance va Paparazzi kabi qo‘shiqlarini ijro etdi. Kopakabana plyaji esa bu kechada «Gagakabana» nomini oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jennifer Lopes ilk bor Toshkentda konsert berishi haqida yozgan edik.