Namanganda 108 fuqaroning 1,5 milliard so‘mlik ish haqi undirib berildi
eʼlon qilindi
«Namangan Chorsu dehqon universal bozori» MChJdan

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga asosan, «Namangan Chorsu dehqon universal bozori» MChJ hisobidan 108 nafar fuqaroga jami 1,5 mlrd so‘m ish haqi undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Namanganda ish haqlarini undirish bilan bog‘liq, umumiy qiymati 5,5 mlrd so‘mni tashkil qiladigan 356 ta ijro hujjati mavjud. Shulardan 286 tasi, ya’ni 4,8 mlrd so‘mlik qismi allaqachon ijro etilgan.
Shu bilan birga, ishga tiklash bo‘yicha 15 ta ijro hujjati ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 11 tasi amalda bajarilgan va tegishli fuqarolar o‘z ish joylariga qayta tiklangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryoda bank foydasiga 874,5 mlrd so‘m undirilgani haqida yozgandi.