Olimlar DeepSeek’ning tibbiyot sohasidagi salohiyatini sinovdan o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Faqat matn bilan ishlaydi
Olimlar DeepSeek’ning tibbiyot sohasidagi salohiyatini sinovdan o‘tkazdi / Foto: Midjourney

Gonkong Fan va texnologiyalar universiteti (HKUST) tadqiqotchilari Xitoyda yaratilgan DeepSeek-R1 til modelini sog‘liqni saqlash sohasida chuqur o‘rgandilar. Bu haqda Gene online nashri ma’lum qildi.

Tadqiqot natijalari bu modelning diagnostika, davolash rejalashtirish va tibbiy ta’limda katta imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatdi.

Model shifokorlarga aniq va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi, bemorlar uchun shaxsiy tavsiyalar yaratadi va talabalarga interaktiv o‘quv materiallari taqdim etadi. Shandun universiteti va South China Hospital bu modeldan amaliyotda muvaffaqiyatli foydalangan.

Biroq DeepSeek-R1 hozircha faqat matnli ma’lumotlar bilan ishlaydi va ayrim hollarda noto‘g‘ri ma’lumot («gallutsinatsiya») bera oladi. Shunga qaramay, ochiq kodli va arzon joriy etilishi uni sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektni keng joriy qilish uchun istiqbolli vositaga aylantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston madaniyatni sun’iy intellekt yordamida rivojlantirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek