O‘zbekiston futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi Hindistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi

eʼlon qilindi
O‘yindagi yagona golga Nilufar Qudratova mualliflik qildi
O‘zbekiston futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi Hindistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi / Foto: UFA

Bangalor shahrida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi futbol bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Hindiston jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida minimal, biroq ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona va g‘alaba golini 55-daqiqada Nilufar Qudratova kiritdi.

Foto: UFA

O‘yinda keskin kurash kuzatilib, o‘zbekistonlik futbolchilar yakuniy hushtakgacha ustunlikni saqlab qola olishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA – O‘zbekiston futbol o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek